Warning: Undefined array key "hide_header_nav" in /volume1/web/videotanlov/wp-content/themes/king/template-parts/header-templates/header-parts/leftmenu.php on line 34 Warning: Undefined array key "title_of_header_nav" in /volume1/web/videotanlov/wp-content/themes/king/template-parts/header-templates/header-parts/leftmenu.php on line 35
  • Bosh sahifa
  • Nizom
  • Yo'riqnoma
  • Videoqo‘llanmalarni baholash mezoni
  • Bog‘lanish
  • Videolarim
  • Saralangan videoqo’llanmalar
  • Warning: Undefined array key "show_following_users" in /volume1/web/videotanlov/wp-content/themes/king/template-parts/header-templates/header-parts/leftmenu.php on line 48

    Videoqo‘llanmalarni baholash mezoni

    T/rTuriBallar darajasiUmumiy qo‘yiladigan maksimal ball
    1Darsning mazmuni va ilmiy aniqligi5 ball: Ma’lumotlar to‘liq ilmiy asoslangan, dars mazmuni tanlangan mavzuga mos, foydalanilgan manbalar to‘liq ko‘rsatilgan, tajriba nazariy tushuntirishlar bilan mustahkamlangan, xatoliklarsiz, murakkab tushunchalar va jarayonlar aniq hamda to‘liq izohlangan.
    4 ball: Ma’lumotlar ilmiy asoslangan, dars mazmuni tanlangan mavzuga mos, foydalanilgan manbalar ko‘rsatilgan, tajriba nazariy tushuntirishlar bilan mustahkamlangan, ammo darsni tushuntirishda mazmuniga jiddiy ta’sir ko‘rsatmaydigan xatoliklarga yo‘l qo‘yilgan.
    3 ball: Ma’lumotlar asosan to‘g‘ri, dars mazmuni tanlangan mavzuga mos, foydalanilgan manbalar ko‘rsatilmagan, tajribada nazariy tushuntirishlar ko‘rsatib o‘tilgan, ammo jarayonni tushuntirishda va yozishda xatoliklar bor, ba’zi hodisalar ilmiy jihatdan tushuntirilmagan.
    2 ball: Ma’lumotlar yetarli darajada ilmiy asoslanmagan, dars mazmuni tanlangan mavzuga mos, foydalanilgan manbalar ko‘rsatilmagan, tajriba nazariy tushuntirishlar bilan mustahkamlanmagan, mazmunga ta’sir qiluvchi jiddiy xatoliklar bor, hodisalar ilmiy jihatdan tushuntirilmagan.
    1 ball: Dars mazmuni tanlangan mavzuga mos, asosiy fikrlar noaniq, ba’zi qonunlarning asosiy prinsiplari noto‘g‘ri ifodalangan, foydalanilgan manbalar ko‘rsatilmagan, tajriba nazariy tushuntirishlar bilan mustahkamlanmagan, xatoliklar ko‘p, jarayonlar ilmiy tomonlama ochib berilmagan.
    5 ball
    2Darsning didaktik tuzilishi5 ball: Videoqo‘llanma kirish qismi, asosiy qism va yakuniy qismdan iborat mantiqiy ketma-ketlik asosida tayyorlangan, mavzu nomi, maqsad, muammo qo‘yilishi, laboratoriya jihozlari, qurilmalar va moddalar haqida ma’lumot berilgan, jarayonning borishi va natijalar tushuntirilgan, tahlil qilingan, muhim xulosalar va tavsiyalar berilgan.
    4 ball: Videoqo‘llanma kirish qismi, asosiy qism va yakuniy qismdan iborat mantiqiy ketma-ketlik asosida tayyorlangan, mavzu nomi, maqsad, muammo qo‘yilishi, laboratoriya jihozlari, qurilmalar va moddalar haqida qisman ma’lumot berilgan, jarayonning borishi va natijalar qisman tushuntirilgan, tahlil qilinmagan, muhim xulosalar berilgan.
    3 ball: Videoqo‘llanma kirish qismi, asosiy qism va yakuniy qismdan iborat ketma-ketlik asosida tayyorlangan, mavzu nomi, maqsad, muammo qo‘yilishi, laboratoriya jihozlari, qurilmalar va moddalar haqida qisman ma’lumot berilgan, jarayonning borishi va natijalar yetarlicha tushuntirilmagan, tahlil qilinmagan, tinglovchi uchun ba’zi jarayonlar tushunarsiz, xulosalar berilmagan.
    2 ball: Videoqo‘llanma kirish qismi, asosiy qism va yakuniy qismdan iborat ketma-ketlik asosida tayyorlangan, lekin nomuvofiqliklar bor, mavzu nomi, maqsad, muammo qo‘yilishi, laboratoriya jihozlari, qurilmalar va moddalar haqida yetarlicha ma’lumot berilmagan, jarayonning borishi va natijalar yetarlicha tushuntirilmagan, tahlil qilinmagan, tinglovchi uchun jarayon tushunarsiz, xulosalar berilmagan.
    1 ball: Videoqo‘llanma kirish qismi, asosiy qism va yakuniy qismdan iborat ketma-ketlik asosida tayyorlanishiga e’tibor qaratilmagan, mantiqiy ketma-ketlikka rioya qilinmagan, mavzu nomi, maqsad, muammo qo‘yilishi, laboratoriya jihozlari, qurilmalar va moddalar haqida ma’lumot berilmagan, jarayonning borishi va natijalar tushuntirilmagan, tahlil qilinmagan, tinglovchi uchun jarayon tushunarsiz, mavzu tugallanmagan.
    5 ball
    3Vaqt reglamenti5 ball: Vaqt reglamentiga rioya etilgan, murakkab jarayonlar qisqa va aniq ko‘rsatilgan, e’tibor markazida muhim natijalar va tahlillar aytib o‘tilgan.
    4 ball: Belgilangan vaqtdan yana 3 daqiqagacha ko‘p vaqt sarflangan, mavzuning murakkabligiga mos ravishda samarali tuzilgan, lekin muhim joylar qisqaroq izohlangan.
    3 ball: Belgilangan vaqtdan yana 5 daqiqagacha ko‘p vaqt sarflangan, muhim bo‘lmagan qismlarda ortiqcha to‘xtalishlar kuzatilgan, lekin muhim joylar va natijalar qisqaroq izohlangan.
    2 ball: Belgilangan vaqtdan yana 10 daqiqagacha ko‘p vaqt sarflangan, muhim bo‘lmagan qismlarda ortiqcha to‘xtalishlar kuzatilgan, lekin muhim joylar va natijalar qisqaroq izohlangan.
    1 ball: Belgilangan vaqtdan yana 10 daqiqadan ortiq vaqt sarflangan,  muhim bo‘lmagan qismlarda ortiqcha to‘xtalishlar kuzatilgan, dars mazmunidan chetlashishlar kuzatilgan, muhim joylar va natijalar yetarlicha izohlanmagan.
    5 ball
    4Taqdimot uslubi5 ball: Laboratoriya xalati va gigiyenik vositalardan foydalanilgan, etika, estetika qoidalariga rioya etilgan, tushuntirish davomida nutq ravon, pedagogik ohang va harakatlar tabiiy, shevadagi so‘zlar ishlatilmagan, o‘qituvchi kamera oldida to‘g‘ri joylashgan, tomoshabinni jalb qiluvchi uslub va yuz ifodalaridan foydalanilgan, kamera bilan aloqa o‘rnatilgan, kamida ikkita kameradan foydalanib turli rakurslardan olingan, alohida urg‘u beriladigan vaziyatlar, foydalanilayotgan qurilma va moddalar aniq ko‘ringan, formula hamda taqdimotlardan foydalanilgan.
    4 ball: Laboratoriya xalati va gigiyenik vositalardan foydalanilgan, etika, estetika qoidalariga rioya etilgan, tushuntirish davomida nutq ravon, shevadagi so‘zlar ishlatilmagan, o‘qituvchi kamera oldida to‘g‘ri joylashgan, tomoshabinni jalb qiluvchi uslub va yuz ifodalaridan foydalanilgan, kamera bilan aloqa o‘rnatilgan, faqat bitta kameradan foydalanilgan, alohida urg‘u beriladigan vaziyatlar, foydalanilayotgan qurilma va moddalar aniq ko‘ringan, formula hamda taqdimotlardan foydalanilmagan.
    3 ball: Laboratoriya xalati va gigiyenik vositalardan foydalanilgan, etika, estetika qoidalariga rioya etilmagan, tushuntirish davomida nutq ravon, lekin shevadagi so‘zlardan foydalanilgan, o‘qituvchi kamera oldida noto‘g‘ri joylashgan, tomoshabinni jalb qiluvchi uslub va yuz ifodalaridan foydalanilmagan, kamera bilan aloqa o‘rnatilmagan, faqat bitta kameradan foydalanilgan, alohida urg‘u beriladigan vaziyatlar, foydalanilayotgan qurilma va moddalar aniq ko‘rinmagan, formula hamda taqdimotlardan foydalanilmagan.
    2 ball: Laboratoriya xalatida, biroq gigiyenik vositalardan yetarlicha foydalanilmagan, etika, estetika qoidalariga rioya etilmagan, tushuntirish davomida nutq qisman ravon, shevadagi so‘zlardan foydalanilgan, o‘qituvchi kamera oldida noto‘g‘ri joylashgan, tomoshabinni jalb qiluvchi uslub va yuz ifodalaridan foydalanilmagan, kamera bilan aloqa o‘rnatilmagan, faqat bitta kameradan foydalanilgan, alohida urg‘u beriladigan vaziyatlarga yetarlicha e’tibor berilmagan,  foydalanilayotgan qurilma va moddalar aniq ko‘rinmagan, formula hamda taqdimotlardan foydalanilmagan.
    1 ball: Laboratoriya xalati va gigiyenik vositalardan foydalanilmagan, etika, estetika qoidalariga rioya etilmagan, tushuntirish davomida nutq tushunarsiz, shevadagi so
    ‘zlardan foydalanilgan, o‘qituvchi kamera oldida noto‘g‘ri joylashgan, tomoshabinni jalb qiluvchi uslublardan foydalanilmagan, kamera bilan aloqa o‘rnatilmagan, faqat bitta kameradan foydalanilgan, alohida urg‘u beriladigan vaziyatlarga umuman e’tibor berilmagan,  foydalanilayotgan qurilma va moddalar aniq ko‘rinmagan, tomoshabin uchun zerikarli taqdimot usullaridan foydalangan.
    5 ball
    5Vizual elementlar5 ball: Videoqo‘llanmada animatsiyalar yoki virtual platformalardan yuqori sifatda foydalanilgan, matn, formulalar yoki grafiklar ko‘rsatilganda aniq, o‘qilishi oson shriftlardan foydalanilgan, tajriba davomida foydalaniladigan yangi laboratoriya jihozlari, elementlar, moddalar nomlari videoda ko‘rsatib yoki aytib o‘tilgan.
    4 ball: Videoqo‘llanmada animatsiyalar yoki virtual platformalardan qoniqarli darajada foydalanilgan, matn, formulalar yoki grafiklar ko‘rsatilganda aniq, o‘qilishi oson shriftlardan foydalanilgan, ammo tajriba davomida foydalaniladigan yangi laboratoriya jihozlari, elementlar, moddalar nomlari videoda ko‘rsatib yoki aytib o‘tilmagan.
    3 ball: Videoqo‘llanmada animatsiyalar yoki virtual platformalardan yetarlicha foydalanilmagan, matn, formulalar yoki grafiklar ko‘rsatilganda ba’zi qismlarda o‘qilishi qiyin darajada kichik shriftlardan foydalanilgan, tajriba davomida foydalaniladigan yangi laboratoriya jihozlari, elementlar, moddalar nomlari videoda ko‘rsatib yoki aytib o‘tilmagan.
    2 ball: Videoqo‘llanmada animatsiyalar yoki virtual platformalardan foydalanilmagan, matn, formulalar yoki grafiklar ko‘rsatilganda ba’zi qismlarda o‘qilishi qiyin darajada kichik shriftlardan foydalanilgan, tajriba davomida foydalaniladigan yangi laboratoriya jihozlari, elementlar, moddalar nomlari videoda ko‘rsatib yoki aytib o‘tilmagan.
    1 ball: Videoqo‘llanmada animatsiyalar yoki virtual platformalardan foydalanilmagan, matn, formulalar yoki grafiklarni deyarli o‘qib bo‘lmaydi yoki umuman mavjud emas,  tajriba davomida foydalaniladigan yangi laboratoriya jihozlari, elementlar, moddalar nomlari videoda ko‘rsatib yoki aytib o‘tilmagan.
    5 ball
    6Texnik sifat5 ball: Video formati HD (1080p) yoki undan yuqori, tajriba o‘tkazilayotgan xona bir tekis yoritilgan, videoga ovoz kuchaytirgich (mikrofon)dan foydalanilib sifatli ovoz yozilgan, videoda turli shovqinlar va begona ovozlar mavjud emas, kadrlarda siljish yoki tebranishlar kuzatilmagan, ortiqcha to‘xtalishlar, xatoliklar, takroriy so‘zlar kuzatilmagan, video professional darajada tayyorlangan.
    4 ball: Video formati HD (1080p) yoki undan yuqori, tajriba o‘tkazilayotgan xona bir tekis yoritilgan, videoga ovoz kuchaytirgich (mikrofon)dan foydalanilib sifatli ovoz yozilgan, videoda turli shovqinlar va begona ovozlar mavjud emas, kadrlarda biroz siljish yoki tebranishlar kuzatilgan, ortiqcha to‘xtalishlar, xatoliklar, takroriy so‘zlar montaj davomida kesib tashlanmagan, video yaxshi darajada tayyorlangan.
    3 ball: Video formati HD (1080p)dan past,  tajriba o‘tkazilayotgan xona bir tekis yoritilgan, videoga ovoz kuchaytirgich (mikrofon)dan foydalanilib ovoz yozilgan, ammo ovoz tiniq emas, videoda turli shovqinlar kuzatilgan, kadrlarda biroz siljish yoki tebranishlar kuzatilgan, ortiqcha to‘xtalishlar, xatoliklar, takroriy so‘zlar montaj davomida kesib tashlanmagan, video qoniqarli darajada tayyorlangan.
    2 ball: Video formati HD (1080p)dan past, sifati o‘rta darajada, tajriba o‘tkazilayotgan xona bir tekis yoritilmagan, videoga ovoz kuchaytirgich (mikrofon)dan foydalanilib ovoz yozilgan, ammo ovoz tiniq emas yoki yaxshi eshitilmagan, videoda turli shovqinlar kuzatilgan, kadrlarda siljish yoki tebranishlar kuzatilgan, ortiqcha to‘xtalishlar, xatoliklar, takroriy so‘zlar kuzatilgan, montaj qilinmagan, video yetarli darajada qoniqarli tayyorlanmagan.
    1 ball: Video sifati juda past darajada, tajriba o‘tkazilayotgan xona bir tekis yoritilmagan, yorug‘lik yetishmaydi, videoda ovoz kuchaytirgich (mikrofon)dan foydalanilmagan, ovoz tiniq emas yoki yaxshi eshitilmagan, videoda turli orqa fon shovqinlari kuzatilgan, kadrlarda siljish yoki tebranishlar kuzatilgan, ortiqcha to‘xtalishlar, xatoliklar, takroriy so‘zlar kuzatilgan, montaj qilinmagan, video qoniqarsiz darajada tayyorlangan.
    5 ball
    7Interaktivlik5 ball: Videoqo‘llanmada yangi metodlar va texnologiyalardan foydalanilgan, muhim qismlarda subtitrlar qo‘llanilgan, tinglovchiga mavzuni qay darajada tushunganligini tekshiruvchi savollar, fikrlashga undovchi qismlar, muammoli keyslardan professional darajada foydalanilgan.
    4 ball: Videoqo‘llanmada yangi metodlar va texnologiyalardan foydalanilgan, muhim qismlarda subtitrlar qo‘llanilgan, tinglovchining mavzuni qay darajada tushunganligini tekshiruvchi savollar, fikrlashga undovchi qismlar, muammoli keyslardan qisman foydalanilgan.
    3 ball: Videoqo‘llanmada yangi metodlar va texnologiyalardan yetarlicha foydalanilmagan, muhim qismlarda subtitrlar qo‘llanilgan, tinglovchining mavzuni qay darajada tushunganligini tekshiruvchi savollar, fikrlashga undovchi qismlar, muammoli keyslardan foydalanilmagan.
    2 ball: Videoqo‘llanmada yangi metodlar va texnologiyalardan foydalanilmagan, muhim qismlarda subtitrlar qo‘llanilmagan, videoda savollar, fikrlashga undovchi qismlar yoki muammoli keyslar mavjud, ammo jarayonga nomutanosib foydalanilgan.
    1 ball: Videoqo‘llanmada yangi metodlar va texnologiyalardan foydalanilmagan, muhim qismlarda subtitrlar qo‘llanilmagan, savollar, fikrlashga undovchi qismlar yoki muammoli keyslardan foydalanilmagan, videoda tomoshabin e’tiborini jalb qiluvchi usullar mavjud emas.
    5 ball
     Jami maksimal ball 35 bal

    Hakamlarning har biri videoqo‘llanmani belgilangan talablar asosida baholagandan keyin modul avtomatik har bir hakamning individual o‘rtacha qo‘ygan balini chiqaradi.

    Hakamlar tomonidan videoqo‘llanmaga berilgan o‘rtacha ballar natijasida, videoqo‘llanmaga berilgan umumiy o‘rtacha ball hisoblanadi.

    Natijada videoqo‘llanmalar quyidagicha saralanadi:

    Umumiy natijaga ko‘ra kamida 80% balga baholangan videoqo‘llanmalar  namunaviy deb topilib, hakamlarning ijobiy xulosasiga asosan Tashkiliy qo‘mita tomonidan ko‘rib chiqiladi va keng foydalanish uchun maxsus modul va ijtimoiy tarmoqlarga joylanadi. Respublika miqyosida ommalashtirish tavsiya etiladi.

    Umumiy natijaga ko‘ra 60% va undan yuqori, ammo 80% baldan past baholangan videoqo‘llanmalar yaxshi deb topilib, hakamlarning xulosasiga asosan Tashkiliy qo‘mita tomonidan ko‘rib chiqiladi va keng foydalanish uchun maxsus modul va ijtimoiy tarmoqlarga joylash yoki joylamaslik to‘g‘risida yakuniy qaror qabul qilinadi.

    Umumiy natijaga ko‘ra 60 % dan past balga baholangan videoqo‘llanmalar  qoniqarsiz deb topilib, qayta ishlash tavsiya etiladi.