Warning: Undefined array key "hide_header_nav" in /volume1/web/videotanlov/wp-content/themes/king/template-parts/header-templates/header-parts/leftmenu.php on line 34 Warning: Undefined array key "title_of_header_nav" in /volume1/web/videotanlov/wp-content/themes/king/template-parts/header-templates/header-parts/leftmenu.php on line 35
  • Bosh sahifa
  • Nizom
  • Yo'riqnoma
  • Videoqo‘llanmalarni baholash mezoni
  • Bog‘lanish
  • Videolarim
  • Saralangan videoqo’llanmalar
  • Warning: Undefined array key "show_following_users" in /volume1/web/videotanlov/wp-content/themes/king/template-parts/header-templates/header-parts/leftmenu.php on line 48

    Videoqo‘llanmalar tayyorlashni tashkil etish to‘g‘risida NIZOM

    1-bob. Umumiy qoidalar

    1. Mazkur nizom Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi (keyingi o‘rinlarda – Agentlik) tizimidagi Prezident, ijod, sport, ixtisoslashtirilgan maktablar hamda Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internati (keyingi o‘rinlarda – tizimdagi maktablar)da fizika, kimyo, biologiya fanlaridan laboratoriya va amaliy mashg‘ulotlar bo‘yicha videoqo‘llanmalar (keyingi o‘rinlarda – videoqo‘llanmalar) tayyorlash tartibini belgilaydi.

    2. Ushbu nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:

    o‘qituvchi – tizimdagi maktablarda faoliyat yuritadigan, fizika, kimyo hamda biologiya fanlaridan laboratoriya va amaliy mashg‘ulotlar tayyorlashga tanlov asosida jalb qilingan pedagog xodim;

    videoqo‘llanma – ma’lum bir jarayon, mavzu yoki amaliyotni bosqichma-bosqich tushuntirib beruvchi, ko‘rsatmalarni video shaklida taqdim etadigan o‘quv materiali;

    maxsus modul – videoqo‘llanmalarni joylashtirish, ularni baholash va xulosa berish hamda videoqo‘llanmalar bazasini shakllantirish uchun Agentlik tomonidan yaratilgan elektron modul.

    3. Videoqo‘llanmalar tayyorlashdan ko‘zlangan maqsad:

    o‘qituvchilar va o‘quvchilarda amaliy tajriba o‘tkazish ko‘nikmalarini shakllantirish, nazariy bilimlarni amaliyot bilan uyg‘unlashtirish;

    o‘quvchilarning muhandislik qobiliyatini rivojlantirish;

    dars jarayonini vizual va texnik jihatdan boyitish, murakkab tajribalarni tushuntirishda o‘qituvchilarga yordam berish;

    o‘quvchilarning darsga va fanga bo‘lgan qiziqishini oshirish, tajribalarni mustaqil bajarish orqali bilimlarni mustahkamlash hamda fanni ilmiy jihatdan chuqurroq anglash  ko‘nikmasini shakllantirish;

    maktablarda mavjud laboratoriya qurilmalari va jihozlaridan foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish;

    fizika, kimyo va biologiya fanlaridan laboratoriya tajribalarida muhim bo‘lgan gigiyena talablari, xavfsizlik va texnika qoidalarini to‘g‘ri o‘rgatish;

    zamonaviy interaktiv ta’lim usullaridan foydalanib, o‘quvchilarni ilmiy izlanish, tajriba qilish, yangi g‘oyalarni shakllantirish va muammolarni hal etishga yo‘naltirish;

    tizimdagi maktablarda raqamli kontent bazasini yaratish.

    2-bob. Videoqo‘llanmalar tayyorlashni tashkil etish

    4. Videoqo‘llanmalar tayyorlashni tashkil etish uchun Agentlik vakillaridan iborat tashkiliy qo‘mita (keyingi o‘rinlarda – tashkiliy qo‘mita) tuziladi va uning tarkibi Agentlik direktori buyrug‘i bilan tasqidlanadi.

    Tashkiliy qo‘mita tarkibi 5 kishidan kam boʻlmagan toq miqdorda tashkiliy qo‘mita raisi, tashkiliy qo‘mita raisi oʻrinbosari, tashkiliy qo‘mita kotibi hamda uning aʼzolaridan iborat tarkibda tuziladi.

    5. Tashkiliy qo‘mita:

    tegishli fanlardan videoqo‘llanma tayyorlanadigan mavzular ro‘yxatini shakllantiradi;

    ro‘yxatdan o‘tish, mavzularni tanlash va videoqo‘llanmalarni tayyorlash muddatlarini belgilaydi;

    belgilangan mavzular bo‘yicha videoqo‘llanmalarni tayyorlash yuzasidan Agentlikning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida e’lonlar beradi;

    videoqo‘llanma tayyorlash istagida bo‘lgan o‘qituvchilar ro‘yxatini shakllantiradi;

    o‘qituvchilarga videoqo‘llanma nizomi haqida ma’lumot beradi, ularni videoqo‘llanma tayyorlash yo‘riqnomasi va baholash mezonlari bilan tanishtiradi;

    o‘qituvchilar tomonidan tanlanmagan yoki talab darajasida videoqo‘llanma tayyorlanmagan mavzularni qayta tanlov o‘tkazish uchun e’lon beradi;

    maxsus modulga videoqo‘llanmalarning joylanishi, ularning baholanishi, saralanishi va videoqo‘llanmalar bazasi yaratilishini ta’minlaydi;

    ijobiy xulosa berilgan videoqo‘llanmalarni maxsus modul va ijtimoiy tarmoqlar orqali keng targ‘ib qilish bo‘yicha yakuniy qaror qabul qiladi;

    videoqo‘llanmalardan tizimdagi maktablarda fan o‘qituvchilari tomonidan keng foydalanilishini ta’minlaydi;

    videoqo‘llanmalardan foydalanuvchilar soni monitoringini yuritib boradi.

    6. O‘qituvchilar e’longa asosan belgilangan muddatda maxsus modulda ro‘yxatdan o‘tadi va videoqo‘llanma tayyorlaydigan mavzularni tanlaydi.

    3-bob. Videoqo‘llanmalarni tayyorlash

    7. O‘qituvchilar tomonidan videoqo‘llanmalar mazkur nizomga 1-ilovada keltirilgan yo‘riqnoma asosida tayyorlanadi.

    8. Hakamlar hay’ati tarkibidagi o‘qituvchilarga ham videoqo‘llanmalar tayyorlashiga ruxsat etiladi. Bunda tayyorlangan videoqo‘llanmalar hakamlar hay’ati tarkibidagi boshqa o‘qituvchilar tomonidan baholanadi.

    9. Tayyor bo‘lgan videoqo‘llanmalar belgilangan muddatda muallif tomonidan maxsus modulga joylanadi.

    10. Videoqo‘llanmalar faqat o‘zbek tilida tayyorlanadi.

    11. O‘qituvchilar tanlagan mavzulari bo‘yicha maktabdagi laboratoriya jihozlari, moddiy-texnik bazasidan kelib chiqib, videoqo‘llanmalarni mustaqil yoki mutaxassis jalb qilgan holda tayyorlashi mumkin.

    Videoqo‘llanmalar o‘qituvchilar tomonidan amaliy mashg‘ulot sifatida tajriba o‘tkazgan holda (jonli) tayyorlanishi shart. Bunda, videoqo‘llanmalarni boyitish maqsadida virtual laboratoriya dasturlari hamda vizual platformalardan qisman foydalanish mumkin.

    Shuningdek, o‘qituvchilar Prezident yoki ijod maktablarida mavjud “Jalinga” studiyasi hamda laboratoriya jihozlaridan foydalangan holda ushbu maktabning (“Jalinga” studiyasini ishlatadigan) mutaxassislari yordami bilan videoqo‘llanmalarni sifatli tayyorlashi maqsadga muvofiq hisoblanadi.

    4-bob. Videoqo‘llanmalarni baholash

    12. Tashkiliy qo‘mita tomonidan videoqo‘llanmalarni baholash uchun hakamlar hay’ati shakllantiriladi va tasdiqlanadi.

    13. Hakamlar hay’ati tarkibiga Agentlik tizimidagi maktablarda faoliyat yuritayotgan fizika, kimyo, biologiya fanlaridan Fan kengashi a’zolari, fan olimpiadalari g‘oliblari, tajribali va malakali o‘qituvchilar, fan sohalarida yuqori yutuqlarga erishgan pedagog xodimlar hamda media sohasi mutaxassislari kiritilishi mumkin.

    Hakamlar hay’ati tarkibi har bir fan bo‘yicha 3 nafardan kam bo‘lmagan miqdorda tuziladi.

    14. Videoqo‘llanmalar hakamlar tomonidan ushbu nizomga 2-ilovada keltirilgan baholash mezoniga asosan maxsus modulda baholanadi.

    Bunda, hakamlar hay’ati baholash natijasiga ko‘ra videoqo‘llanmaga yakuniy xulosa beradi.

    15. Hakamlar hay’ati videoqo‘llanmani maxsus modulga yuklangan kundan boshlab 10 ish kuni mobaynida belgilangan tartib asosida individual shaklda baholaydi.

    Barcha hakamlar videoqo‘llanmani baholab bo‘lganidan keyin, umumiy o‘rtacha ball modulda avtomatik ravishda hisoblanadi.

    16. Hakamlar tomonidan baholangan va yakuniy ijobiy xulosaga ega bo‘lgan videoqo‘llanmalar Tashkiliy qo‘mita tomonidan tizimdagi maktablarda  keng foydalanishga tavsiya etiladi.

    17. Videoqo‘llanmalarni baholash bo‘yicha e’tirozlar hakamlar hay’ati tomonidan muallifning ishtirokida qayta ko‘rib chiqiladi. Ushbu jarayonlar Tashkiliy qo‘mita tomonidan tashkil etiladi.

    18. Tashkiliy qo‘mita hakamlar hay’ati a’zolari faoliyatidan kelib chiqib, hakamlar hay’ati tarkibini o‘zgartirish huquqiga ega.

    5-bob. Rag‘batlantirish tartibi

    19. Hakamlar hay’ati har bir videoqo‘llanmani belgilangan mezonlar asosida baholaganligi hamda tegishli xulosalar taqdim etganligi uchun ularning har biriga bazaviy hisoblash miqdorining (keyingi o‘rinlarda – BHM) 10 foizi miqdorida haq to‘lanadi.

    20. Hakamlar hay’ati tomonidan ijobiy xulosa berilgan hamda keng foydalanishga tavsiya etilgan har bir videoqo‘llanma uchun videoqo‘llanma muallifi BHM ning 1,5 barobari miqdorida rag‘batlantiriladi.

    21. Videoqo‘llanmalari eng ko‘p foydalanilgan o‘qituvchilar reytingi shakllantirilib, turli tanlovlar, festivallar, ko‘rgazmalar va mukofotlar uchun nomzod sifatida tavsiya etiladi.

    6-bob. Yakunlovchi qoidalar

    22. Ushbu nizomni qoʻllashda yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.

    23. Ushbu nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.